Enrike PSJning "Borussiya D"ga qarshi o'yindagi g'alabasi haqida fikr bildirdi

Sherzod Nurmatov
20 sen 2023, 20:56
Mutaxassis jamoaning o'yinidan mamnun.

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasi 1-turi doirasidagi Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yin natijasi (2:0) haqida gapirdi.

"Biz bor e'tiborimizni o'z o'yinimizga, to'pni nazorat qilishga va to'pni olib qo'yish uchun qilinadigan yuqori pressingga qaratgan edik. Juda yaxshi o'yin o'tkazdik.

Raqib deyarli hujum qilgani yo'q. Dortmundda jismonan kuchli, yaxshi himoyalana oladigan jamoa bor. Birinchi bo'limda bizda gol urish uchun juda kam imkoniyatlar bo'ldi.

Bu endigina 1-tur va g'alaba juda zarur edi, ammo bu hech narsani kafolatlamaydi. Asosiysi – imkon qadar tez-tez g'alaba qozonish. "Nyukasl" bilan o'yinda o'z futbolimizni ko'rsatishga urinamiz", – dedi mutaxassis.

"Nyukasl" – PSJ uchrashuvi 4 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe