

Murabbiy bu haqda LaLiganing 31-turida "Malaga"dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:2) so'ng aytdi.
"Gomesh? Mag'lubiyatda barcha aybni bir, ikki yoki uch kishiga ag'darish noto'g'ri. Bu jamoaviy sport turi va bunday tanqid nohaqlik deb o'ylayman. Ushbu bahs natijasi qoniqarsiz, raqibdan ustun bo'ldik, ammo bir xato tufayli jazolandik. Biz mag'lubiyat va yirik hisobdagi g'alabalardan so'ng aqldan ozmaymiz" - deydi Luis Enrike.



