Endrik: "Tanqidlar? Murabbiydan boshqasini eshitmayman"

Mirjalol Normatov
3 okt 2024
"Real" futbolchisi Endrik so'nggi mag'lubiyatdan keyingi tanqidlar haqida gapirdi.

Kecha "Real" YCHL doirasida "Lill"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Endrik esa uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.

"To'g'risini aytsam, aytarli hech nima bo'lmadi. Bugun siz gol urishingiz mumkin, barcha xursand bo'ladi. Ertaga mag'lub bo'lasiz, sizni erga urishadi.

Bunday holat ancha oldin "Palmeyras"da ham bo'lgandi. Bunday holatlarga e'tibor bermaslikni o'rganganman. Murabbiyni eshitaman va jamoadoshlarimning tavsiyalariga quloq tutaman. Bu eng muhimi. Qolganlari meni qiziqtirmaydi", - dedi Endrik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN