Endi futbol radio yo'qlamalari - O'zbekiston radiokanalida

Narzulla Saydullayev
24 fev 2015, 13:30
Millionlab futbol ishqibozlarining talab istaklariga ko'ra endi futbol radio yo'qlamalari O'zbekiston MTRK O'zbekiston radiokanalida bo'lib o'tadi.
Endi O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlar, xalqaro uchrashuvlar, Osiyo chempionlar ligasi, O'zbekiston chempionati va kubogi o'yinlaridan jonli futbol reportajlari O'zbekiston radiokanalida bo'lib o'tadi.

17 fevral kungi "Bunyodkor" - "Al Jazira" uchrashuvini radioyo'qlama tashkil etilgandi.

Bugungi "Paxtakor" - "Naft Tehron" va "Al Nasr" - "Bunyodkor" uchrashuvlari ham O'zbekiston radiokanali orqali tinglab borish mumkin.

O'zbekiston radiokanalini butun dunyoda tinglash mumkin. Har bir viloyatda turli to'lqinda ishlaydi.

Futbol ishqibozlari nomidan O'zbekiston radiokanali rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia