Emeri: "Sevilya" hech qachon taslim bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2016, 12:44
"Sevilya" bosh murabbiyi Unai Emeri jamoasining "Atletik"ni mag'lub etib, Yevropa ligasi yarim finaliga chiqqani borasida fikr bildirdi.

Sevilyaliklar penaltilar seriyasida 5:4 hisobida g'alaba qozonishdi.

"Butun Sevilya baxtli. Jamoa ketma-ket uchinchi marotaba Yevropa ligasining yarim finaliga chiqyapti, bu oson emas. Biz qo'shimcha bo'lim va penaltilar seriyasiga tayyor edik. Ajoyib kurash uchun "Atletik"ka ham minnatdorchilik bildiraman. Ammo "Sevilya" hech qachon taslim bo'lmaydi" - deydi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN FC