

“Dushanba kuni jamoaviy va individual holatdagi eng yaxshi o'yinimizni kutaman. Muxlislar bilan yana ko'rishishimiz juda ajoyib. Ularga nimalarga qodirligimizni ko'rsatmoqchiman.
“Liverpul”ga qarshi ilk bor 2016 yil Yevropa Ligasi finalida Yurgen Kloppning jamoadagi dastlabki mavsumida to'qnash kelganman. Qiziqarli o'yinda g'olib bo'lgandik. Undan keyin esa mag'lubiyatlarni qabul qildim. Boshqa g'alabaga erisholmadim. Bu qoyilmaqom o'yin uslubiga ega kuchli jamoa.
Agar ularni yutish haqida o'ylasak, haqiqatan bunga yaqinlasha olamiz. Agar eng yaxshi o'yinimizni namoyish etsak, buni uddalay olamiz deb o'ylayman. O'z stadionimizda muxlislarimiz bilan birga bo'lamiz va ishonchim komilki, bu o'ziga xos ahamiyatga ega uchrashuv bo'ladi”, deydi Emeri.



