Elit OCHL. Bugun O'runov va Masharipov jamoalari maydonga tushadi, Jaloliddin "Al Hilol"ga qarshi

Tolibjon Qosimov
4 noya 2024, 12:56
Bugun Osiyo yashil maydonlarida Elit Chempionlar ligasining 4-tur bellashuvlariga start beriladi.

O'zbekistonlik muxlislar uchun qiziqarli jihati bugun ikki hamyurtimiz o'z o'yinlarini o'tkazishadi.

Oston O'runov hamda "Persepolis" Dubayda Qatarning "Al Garafa" klubini qabul qilsa, Jaloliddin Masharipov va "Istiqlol" Saudiya Arabistonida Osiyo grandi "Al Hilol" mehmoni bo'ladi.

Elit OCHL

4-tur, 04.11.2024

19:00. "Al Vasl" (BAA) - "Al Sadd" (Qatar)

"Zabel stedium", Dubay

21:00. "Al Ahli" (S.Arabistoni) - "Al Shorta" (Iroq)

"King Abdulloh Sports Siti", Jidda

21:00. "Persepolis" (Eron) - "Al Garafa" (Qatar)

"Al Maktum" stadioni, Dubay

23:00. "Al Hilol" (S.Arabistoni) - "Istiqlol" (Eron)

"Kingdom Arena", Riyod

Eslatib o'tamiz, Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bu turdagi o'yinini ertaga, 5 noyabr kuni "Jar" stadionida Qatarning "Al Rayyan" klubiga qarshi o'tkazadi.

Elit OCHL turnir jadvali ayni paytda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia