Eldorbek Suyunov: “Olmaliq” o'z maydonida hujumkor o'yin ko'rsatadi

Narzulla Saydullayev
11 mar 2016, 07:35
Bugun “Nasaf” futbolchilari Oliy liganing 2-turida “Olmaliq”qa qarshi maydonga chiqishadi.

“Nasaf”ning tajribali darvozaboni Eldorbek Suyunov o'yin haqida o'z fikr mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

-“Olmaliq”qa qarshi bahsga Qarshida jiddiy hozirlik ko'rdik. Maqsadimiz ikkinchi turda ham g'alabaga erishib, muxlislarni xursand etish,-deydi Suyunov.

- Olmaliqdagi g'alaba bizga OCHL 3-turida safarda “Al Jayish”ga qarshi o'yinga a'lo kayfiyatda borishimizga ham yordam beradi. Albatta “Olmaliq” yaxshi ijrochilarga ega, shakllangangan jamoa. Bu jamoa o'z maydonida hujumkor o'yin ko'rsatishini bilamiz. Qolaversa, o'z maydonida Oliy ligadagi ilk o'yinini o'tkazadi va muxlislar ham jamoani yaxshi qo'llab-quvvatlashadi. Shu bois biz uchun qiyin o'yin kechishini taxmin qilish qiyin emas. Bor kuch va imkoniyatimizni ertangi bahsda kerakli natijani qo'lga kiritish uchun sarflaymiz.


"Nasaf" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia