Eldor Suyunov: "Har bir chempionlikning o'zgacha qadri bor"

Aslanov Jasurbek
12 noya 2022, 22:02
"Paxtakor" darvozaboni Eldor Suyunov "Bunyodkor" bilan uchrashuvdan so'ng chempionlik taassurotlari bilan bo'lishdi.

"Paxtakor"ga befarq bo'lmagan barchani tabriklayman. Har bir chempionlik o'ziga yarasha qadrli. Birinchi ikkinchisidan ajrata olmayman. Bu safar kurash so'nggi turgacha kechdi. Farqi shunda, deb o'ylayman.

Toshkent derbisini Olmaliqda o'tishi noto'g'ri bo'lardi. O'yinni "Jar"da tashkillashtirgan PFL va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman",- deydi Eldor Suyunov.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia