Eldor Shomurodovning birinchi murabbiyi “Mashal”ga qaytdi

Narzulla Saydullayev
8 sen 2021, 12:04
Otajon Avezov "Mashal-U21" jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Otajon Avezov 1980 yil 25 dekabrda tavallud topgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Mashal-2”, “Sitora” jamoalarida to'p tepgan. Birinchi murabbiyi Boris Serostanov.

Ma'lumot uchun, ayni paytda "Roma"da to'p tepayotgan Eldor Shomurodovning "Mashal" akademiyasidagi birinchi murabbiyi aynan Otajon Avezov bo'lgan.


Eldor Shomurodovning "Mashal"dagi birinchi murabbiyi Otajon Avezovning dilidagi gaplari        


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia