Eldor Shomurodov: "Ikkala o'rtoqlik o'yinidan so'ng ham palovxo'rlik bo'ladi"

Оқил Абдубарноев
18 noya 2022, 20:53
“Roma” klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov futboldan biroz chetroq mavzuda fikr bildirdi.

Futbolchi jurnalist Timur Juravelga “Match TV” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturida intervyu berdi.


- Italiyada o'zbeklarga xos nimani ko'proq sog'inasiz?

- Barcha narsani! Italiya butkul boshqa mamlakat, u yerda hamma narsa, hatto mentalitet ham boshqacha.

- Italiyada palovni kuniga necha marta istemol qilasiz?

- Unchalik ko'p emas. So'nggi oylarda palov eya olganim yo'q. O'zbekistonga qaytganimda istagan ovqatni tanovul qila olaman. U yerda esa dietaga amalga qilish kerak.

- O'zbekistonga kelgach, palov eyishga ulgurdingizmi?

- Hozircha ulgurmadim. Ehtimol, o'yindan keyin tanovul qilarman.

- Qaysi o'yindan keyin: Rossiya yoki Qozog'iston bilan?

- Ikkalasiga qarshi o'yinlardan keyin ham bo'lishi mumkin. Ikki marta palovxo'rlik bo'ladi (tabassum qiladi)", – dedi Shomurodov.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Матч ТВ