Eldor Karimov: “Jamoamning g'alabasiga xissa qo'shganimdan xursandman”

Tolibjon Qosimov
6 iyun 2016, 14:38
Kecha O'zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 13-tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Tur doirasida o'tgan “Zomin”-“Kosonsoy” (1:0) uchrashuvidan so'ng, yagona gol sohibining uchrashuv haqida fikri bilan qiziqdik.

-  “Bu uchrashuv qiziqarli bahslarga boy tarzda o'tdi. 12-turda dam olganimiz bizga jismonan kuch yig'ishimizga imkoniyat bo'ldi. Jamoaning asosiy tarkib o'yinchilarini murabbylar tomonidan biroz o'zgartirgan xolda uchrashuvni o'tkazdik va bu o'z natijasini berdi. Jamoamning g'alabasiga xissamni qo'shganimdan xursandman”, - dedi himoyachi.

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia