Eldor Karimov: "Yangier"ga qarshi o'yin finaldek bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
29 apr 2019, 13:00
B PRO-Liga 4-turi doirasidagi “Ittifoq-Navoiy” – “Zomin” (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar sardori Eldor Karimov o'yin borasida quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Mazkur uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rgandik. Boisi bu bahsdagi g'alaba biz uchun juda muhim edi. Xayriyat o'z niyatimizga yetib, kichik hisobda bo'lsada zafar quchishga muvaffaq bo'ldik. Bugun bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga jamoamiz nomidan o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

O'yinimizda ancha ijobiy o'zgarish sezildi. Bundan buyog'iga ham ijobiy natijaga erishib, muxlislarni xursand etishda davom etamiz. Bugungi o'yinga keladigan bo'lsak, jamoadoshlarim bilan bir oila bo'lib harakat qildi va g'alabaga erishdik. Albatta, bunda jamoamiz murabbiylarining hissasi katta. Keyingi turda bizni juda qiziq bellashuv kutmoqda. "Yangier" biz bilan bir xil natija ko'rsatmoqda, bu bahs finalga xos o'tadi. Bu o'yinda muxlislardan qo'llab-quvvatlashlarini so'ragan bo'lardim.

Samandar Safarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia