EL Superligaga qarshi

Aslanov Jasurbek
6 noya 2018, 16:22
Yevropaning barcha chempionatlarini birlashtiruvchi Yevropa klublari assotsiatsiyasi (EL) top-klublar ishtirokida Superliga yaratilishiga qarshi chiqdi.

"Assotsiatsiya yopiq Superliga yaratilishiga qarshi. EL daraja oshishi, klublarning sport muvaffaqiyatiga moslashgan, piramida ko'rinishidagi Yevropa modelini qo'llab-quvvatlaydi.

Milliy chempionatlar - hamma qiziquvchilar: futbolchilar, klublar, liga, milliy assotsiatsiyalar va muxlislar uchun Yevropadagi futbol yuragi.

Yopiq Superliga yaratish taklifi Yevropada futbolning barqaror o'sishiga sezilarli zarar etkazadi" - deyiladi EL bayonotida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru