El-Shaaravi Torinoga qarshi o'yindan so'ng mashinasida avariyaga uchradi
Narzulla Saydullayev
26 sen 2016, 08:20
Roma yarim himoyachisi Stefan El-Shaaravi Torinoga qarshi o'yindan so'ng (1:3) o'z mashinasida avariyaga uchradi.
El-Shaaraviga tegishli Audi A3 mashinasi Fiat Panda bilan to'qnashib ketdi. Futbolchiga jiddiy shikast etgani yo'q, biroq boshqa mashina egasi shifoxonaga olib ketildi.