

Italiyalik futbolchi A Seriyaning 33-turi doirasidagi "Monca"ga qarshi o'yinda (1:1) jarohat oldi. Hujumchi oqsoqlanib maydonni tark etdi va zaxiraga olindi.
Manbaning xabariga ko'ra, hujumkor futbolchining o'ng sonidagi mushaklari shikastlangan. Shu bois, El-Shaaravi endilikda A Seriyaning qolgan o'yinlari va Yevropa Ligasi yarim finalida "Bayer"ga qarshi to'qnashuvida "Roma"ga yordam bera olmasligi ehtimoli yuqori.
Joriy mavsum futbolchi barcha rasmiy turnirlarda ettita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.



