El Pais: PSJ Alonsoga 3 yil uchun 40 million evro bermoqchi

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2014, 09:02
Pari Sen-Jermen Real yarim himoyachisi Xabi Alonsoni sotib olmoqchi.
Dekabr oyida Parij klubi vakili 32 yoshli futbolchining agenti bilan muzokara o'tkazgandi. PSJ Alonsoga 3 yillik shartnoma va 40 million evro taklif qilishdi.

Agar Alonso Pari Sen-Jermenga ko'chib o'tsa yiliga 10 million evro maosh oladi va 10 million evroni bonus sifatida olishi mumkin.

Alonsoning Real bilan shartnomasi 2014 yil yozida tugaydi. Madrid klubi unga kelishuvni 2+1 ko'rinishida uzaytirishni taklif qilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru