

- Mavsumlar oralig'ida "Real"ga qarshi o'tkazgan o'rtoqlik uchrashuvimiz hech qanday ahamiyatga ega emas. Hozir hammasi boshqacha, o'rtada sovrin turibdi. "Real" ham uni qo'lga kiritishni istaydi. Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak, "Barselona"ni ikki og'ir bahs kutib turibdi.

- Messi haqida nima deya olasiz?
- Messi yaxshi formada. U mavsumoldi tayyorgarlikni yaxshi o'tkazdi.
- Neymar transferi haqida qachon bildingiz? Uning o'rnini qanday to'ldirasiz?
- Uning ketishini transfer amalga oshgan kuni bildim. Neymar xonamga keldi va PSJ taklifini qabul qilgani haqida aytdi. Bu braziliyalik transferi rasman e'lon qilingan kun edi. Bungacha u qolishi yoki ketishi haqida hech narsa bilmas edim.
Neymar o'rnini to'ldirishning eng yaxshi yo'li, ortga emas, oldinga qarash.
- "Real" safida Luka Modrich jarohat olgan, bu borada qanday fikrdasiz?
- "Qirollik klubi" juda kuchli jamoa. Ular safida Modrich o'rnini to'ldiradiganlar etarlicha. "Real" yaqindagina yaxshi o'yin ko'rsatib, Yevropa Superkubogini qo'lga kiritdi, ammo biz o'z uslubimizga e'tibor qaratishimiz lozim.



