El-klasiko Real tufayli boshqa kunga qoldirildi

Narzulla Saydullayev
11 sen 2017, 11:33
Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan Real va Barselona o'rtasidagi o'yin boshqa kun bo'lib o'tadi.

Qirollik klubi Kataloniya klubini Santyago Bernabeuda 23 dekabr kuni qabul qilishadi. O'yin Yevropa vaqti bilan soat 13.00da boshlanadi.

Oldinroq uchrashuv 20 dekabr kuni bo'lib o'tishi belgilangan edi.

Marca nashri xabariga ko'ra, ushbu uchrashuv sanasi Realning iltimosiga ko'ra o'zgartirilgan. Madrid klubi 6-16 dekabr kunlari BAAda klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Avgust oyida Ispaniya Superkubogi doirasida Real ikki bor Barselonani mag'lub etgandi (3:1, 2:0).


Laligamanager.uz: Taklif, tanqid va yuksalish

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/ElTransistorOC