Eden Azar: "Jarohatim jiddiy emas ekan"

Tolibjon Qosimov
6 mar 2014, 20:10
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar Belgiya terma jamoasi tarkibida Kot-d`Ivuarga qarshi o'yin davomida olgan jarohati u qadar jiddiy emasligini ta'kidladi.
Oyog'im hali ham og'riyapti. Biroq "Tottenxem"ga qarshi o'yingacha maydonga qaytaman deb umid qilaman. O'yinni ilk daqiqalaridanoq menga jarohat etkazishga urinishgani hayron qoldirdi. Yaxshiki, jarohat jiddiy emas ekan. Kot-d`Ivuarga qarshi o'yinni oxirigacha o'ynay olganimdan xursandman", deya Azardan Het Laatste Nieuws nashri iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net