Eden Azar nega "Bavariya" taklifini rad etgan?

Alisher
27 dek 2019, 14:08
"Chelsi" sobiq darvozaboni Robert Grinning aytishicha "Real" yarim himoyachisi Eden Azar o'z vaqtida "Bavariya"ga o'tishi mumkin edi.

Ammo Eden Dortmundning "Borussiya" jamoasida o'ynayotgan ukasi Torgan Azar tufayli "Bavariya"ga o'tmaganini aytdi.

- Eden "Bavariya"ga o'tishni rad etdi. U shunday qaror qabul qildi: "Men u erga bormayman, chunki ukam Torgan Germaniyada o'ynaydi. Bu "Eden Azar va uning ukasi" bo'lib ketardi".

U ukasining Germaniyada Eden Azarning ukasi emas, Torgan Azar sifatida tanilishini xohlashini aytdi. Bu takabburlikning alomati sifatida ko'rilishi mumkin edi, ammo bu oliyjanoblik belgisidir", - deydi Grin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Athletic