YCHL finali antiqahramoni Karius "Bayer"ga o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
2 avg 2018, 09:41
The Mirror nashri xabariga ko'ra, "Liverpul" darvozaboni Loris Karius faoliyatini "Bayer"da davom ettiradi.

Futbolchi Germaniya klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Faqat darvozabon tibbiy ko'rikdan o'tsa bo'lgani. 

Ingliz klubi Alissonni sotib olishgani uchun Loris Karius va Simon Minoleni sotishga tayyor. "Bayer" esa yozda Bernd Lenoni "Arsenal"ga sotib yuborgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mirror.co.uk