YCHL. Murosasiz kechgan bahsda Asensioning oxirgi daqiqalardagi goli "Real"ga g'alaba keltirdi

14 fev 2019, 03:00
"Ayaks" va "Real" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda mehmonlar so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketishdi.

                                YANGILASH

Ayaks Gollandiya – Real Madrid Ispaniya 1:2
"Amstyerdam Arena"

Gollar: 0:1 – 60 Benzema, 1:1 – 75 Ziyosh, 1:2 – 87 Asensio.
Ayaks – Onana, Blind, de Ligt, Talyafiko, Mazraui, van de Bek, Ziyosh, Neres, de Yong, Tadich, Shene (Dolberg, 73).
Real Madrid – Kurtua, Nacho, Regilon, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Beyl (Vaskes, 61), Modrich, Vinisius Junior (Dias, 81), Benzema (Asensio, 73).
Ogohlantirishlar: Ziyosh (53), Regilon (69), Vaskes (83), Ramos (89).

"Ayaks" – "Real" 1:2 >>> Gollarni ko'rish

87. Asensio ham gol urdi - 1:2.

75. GOL! Hisob tenglashdi - 1:1. Hakim Ziyosh o'n bir metrlik nuqta atrofidan to'pni darvozaning pastki burchagiga yo'lladi.

73. O'zgarish. Benzema o'rniga Asensio tushdi.

YCHLda Karim Benzema 60-golini urdi.

1. Ronaldu (Portugaliya) - 121 ta gol.
2. Messi (Argentina) - 106 ta gol.
3. Raul (Ispaniya) - 71 ta gol.
4. Benzema (Fransiya) - 60 ta gol.

61. O'zgarish. Raqiblar qurshovida qolib ketgan Beyl o'rniga Lukas Vaskes tushdi.

60. Benzema gol urdi va "Real"ni hisobda oldinga olib chiqdi - 0:1. Vinisius Junior elkasi bilan fint ishlatib himoyachilardan qochib ketdi va "Ayaks" jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. Vinisiusning sovg'asini Benzema yuqori to'qqizlikka joylab qo'ydi. Fransiyalik hujumchi joriy mavsum YCHLda o'zining to'rtinsi golini kiritdi.

Birinchi bo'lim statistikasi:

"Ayaks" - "Real" 0:0

Zarbalar: 11-4
To'p nazorati: 51%-49%
Vaziyatlar yaratish: 9-4
Pas aniqligi: 83%-84%

"Ayaks"ning goli hisobga olinmagan holatda, YCHL tarixida birinchi bor VAR ishga tushdi va o'yinga o'z ta’sirini ko'rsata oldi.

Hisob ochildi 1:0.  Kurtua yosh bolalarcha xato qildi. Lekin VAR golni hisobga olmadi. Chunki Talyafiko darvozabonga xalaqit bergandi. Damir Skomina butunlay to'g'ri qaror qabul qilganligini etirof etish kerak. 

"Yoxan Kruyf Arena"da dastlabki 20 daqiqa ichida hech bir futbolchi Vinisius Juniordan (7 marta) kam to'pga teginmadi. Hattoki, Tibo Kurtua ham 10 marotaba to'p bilan muomala qilishga ulgurdi.

25. De Ligt standart vaziyatlarda Serxio Ramos, o'yin davomida Benzemaga hozircha imkon qoldirmayapti.

"Ayaks" bosh murabbiyi - Ten Xag.


                                  YANGILASH

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia