Draksler yozda PSJni tark etadi

Mirjalol Normatov
31 mar 2021, 00:35
Yarim himoyachi Yulian Draksler yozda PSJni tark etadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, 27 yoshli futbolchi Parij klubidan erkin agent sifatida ketadi. U 2017 yildan buyon jamoasi sharafini himoya qilayotgandi. Germaniyalik futbolchi PSJ tarkibida uch martadan mamlakat chempionligi va Superkubogi, shuningdek, ikki martadan Liga Kubogi va Fransiya Kubogi sovrinlarini qo'lga kiritdi.

Ushbu mavsumda Draksler Fransiya chempionatining 18 o'yinida 4 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar

Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal