Donnarumma jamoadoshlari bilan xayrlashdi

Mirjalol Normatov
25 may 2021, 17:17
Darvozabon Janluijji Donnarumma yozda katta ehtimol bilan "Milan"ni tark etadi.

"MilanNews" xabariga ko'ra, darvozabon "Atalanta"ga qarshi o'yindan keyin jamoadoshlari bilan xayrlashgan. U erkin agent sifatida klubni tark etadi.

Darvozabonning agenti Mino Rayola sababli tomonlar shartnomasini uzaytira olishmadi. Agent futbolchisiga yiliga 10 mln evro maosh to'lashini talab qildi. Klub esa 8 mln evrodan ko'pini bera olmasligini aytdi.

Yaqin vaqtlar ichida klub "Lill" posboni Mayk Menyanning transferini e'lon qilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MilanNews