Donnarumma "Siti"da qancha maosh oladi?

Mirjalol Normatov
14 avg 2025, 22:14
Darvozabon Janluijji Donnarumma "Manchester Siti"da PSJdagidan ko'proq maosh oladi.

"La Stampa" ma'lumotiga ko'ra, ingliz klubi shartnoma bo'yicha posbon bilan kelishib oldi. Unga ko'ra, Jiji "Siti"da yiliga toza 12 million evro maosh oladi. Bonuslar bilan bu summa oshishi ham mumkin.

Donnarumma "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola bilan ko'p suhbatlar olib borgan.

PSJ posbon uchun 50 million evro so'ramoqda. "Shaharliklar" esa bu summani 35 million evrogacha tushirmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Stampa