Donnarumma PSJ taklifidan 1,5 baravar ko'p maosh olmoqchi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2025, 14:54
Janluijji Donnarumma PSJ bilan yangi bitim borasida kelisha olmayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, italiyalik darvozabon yiliga 12 mln. evro maosh olmoqchi, PSJ esa unga 8 mn. evro taklif qilyapti.

Italiyalikning 2026 yilning yozida yakunlanadigan shartnomasidagi yillik maoshi 11 mln. evroni tashkil qiladi.

Donnarumma 2021 yilning yozidan beri Parij klubi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: alfredopedulla.com