Diter Xekking "Borussiya" bosh murabbiyi

Aslanov Jasurbek
22 dek 2016, 16:10
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanganini e'lon qildi.

"Volfsburg" sobiq ustozi Diter Xekking endi "Borussiya" bosh murabbiyi. Mutaxassis klub bilan 2019 yilning yozigacha bo'lgan shartnomaga imzo chekdi.

"Volfsburg"ga qarshi Bundesliganing 16-tur o'yinidan so'ng (1:2), klub rahbariyati Andre Shubert bilan xayrlashishga qaror qilgan edi.

Xekking ham joriy mavsumda "Volfsburg"da iste'foga chiqarildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia