

Mahalliy murabbiylar Uchqun Qobilov va Rafael Balasanyan boshchiligida o'tayotgan mashg'ulot jarayonida Akmal Bozorov, Komil Sharofutdinov, Firdavs Abdusalimov, Jasur Azimov, Bunyod Isroilov, Islom Sharipov, Omad Tayloqov singari futbolchilar bilan bir qatorda mahalliy yoshlar ham ishtirok etishmoqda.
Joriy mavsumda yana Oliy Ligaga qaytishni maqsad qilayotgan klubimiz safiga tez orada yangi futbolchilar kelib qo'shilib, jamoa tarkibi kuchaytiriladi.



