Dilshod Jabborov: "Bizga hozir 3 ochko suv va havodek zarur"

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2016, 13:36
“Navbahor” – “Metallurg” uchrashuvi oldidan mezbonlar yarim himoyachisi Dilshod Jabborov o'yin borasida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
“Bekobodliklarga qarshi bellashuvda “Navbahor” g'alaba qozonmasa bo'lmaydi. Bizga hozir 3 ochko suv va havodek zarur. O'z maydonimizda “Metallurg” ustidan g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Umid qilamanki, yakunda o'z maqsadimizga erishib, muxlislarimizni xursand qilamiz. Birinchi davra oxirigacha o'yinlarni o'z uyimizda o'tkazishimiz tufayli maksimal ochko to'plashimiz shart”, - dedi Jabborov.

"Navbahor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia