Diego Lopes hali maydonga qaytishga tayyor emas

Aziz Tukhtamuradov
9 okt 2014, 21:45
"Milan" darvozaboni Diego Lopes hamon jarohatini davolagani yo'q.
32 yoshli Diego Lopes yozda "Milan"ga "Real"dan ko'chib o'tgandi, deb xabar bermoqda La Gazetta dello Sport nashri.

Posbon "Parma"ga qarshi o'yinda (5:4) sonidan jarohat olgandi. Dastlabki taxminlarga ko'ra darvozabon "Verona"ga qarshi o'yinda safga qaytishi kerak edi, biroq Lopes yana kamida 2 hafta maydonga tusha olmaydi.

Bundan tashqari Diego yana bir bor chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: euro-football.ru