Diego Kosta Portugaliya jamoasi safiga qo'shilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
25 iyul 2021, 19:14
Lissabonning "Benfika" klubi ispaniyalik hujumchi Diego Kosta bilan muzokara olib bormoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi 3 million evro maosh so'ramoqda. 

Shuningdek, forvardga "Beshiktosh" da'vogarlik qilyapti, ammo Turkiya jamoasi portugaliyaliklarga qaraganda kamroq maosh taklif etmoqda.

32 yoshli Kosta 2021 yilning yanvarida "Atletiko"ni tark etgan edi. U ayni paytda erkin agent sanaladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/rudygaletti