

Futbolchi o'tgan hafta bosh murabbiy Antonio Konte bilan janjallashib qolgan va uch kun mashg'ulotlarda ishtirok etmagandi. Diego Kosta Xitoy klublaridan yiliga 34 million evro maosh olishini eshitgach mashg'ulotlarga chiqmay qo'ygandi. Chelsi xo'jayini Roman Abramovich Kostani 90 million evroga sotishga rozi bo'lmadi.
Futbolchi jarima pullarini to'ladi va Chelsi mashg'ulotlariga qaytdi. London klubi yozda Kosta bilan xayrlashmoqchi. Konte Realdan Alvaro Moratani sotib olmoqchi.




