Dibalaning akasi: "Paulo "Yuventus"ni yozda tark etadigan yagona futbolchi emas"

Aslanov Jasurbek
16 may 2019, 10:39
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibalaning akasi Gustavo forvardning klubdan ketish ehtimoli haqida gapirib berdi.

"Katta ehtimol bilan Paulo "Yuventus"ni tark etadi, unga o'zgarishlar kerak. U qaerga ketishini ayta olmayman. Dibala bu yerda o'zini baxtli his qilmayapti, bazi futbolchilarga ham shunday holatda. Paulo yozda "Yuventus"ni tark etadigan yagona futbolchi emas.

Ronaldu? Krishtianu ajoyib futbolchi, Pauloda u bilan muammo bo'lmagan, munosabatlar yaxshi. Taktika bo'yicha tushunmovchilik bo'lgan, ammo ularning poziciyasi o'xshash" - deydi Dibalaning akasi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia