Dibala qachon safga qaytadi?

Sherzod Nurmatov
18 mar 2021, 00:47
Ma'lumotlarga qaraganda, u mart oyida boshqa maydonga tushmaydi.

"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala xalqaro tanaffusdan so'ng safga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.

Argentinalik futbolchi jarohati sababli 13 yanvardan beri o'ynamayapti. 

27 yoshli hujumchi ushbu mavsumda barcha turnirlarda jami 16 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmani qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia