Di Mariya jarohat oldi, endi u Argentina terma jamoasiga yordam bera olmaydi

21 mar 2019, 09:43
Futbolchi jarohatga yo'liqdi.

Anxel di Mariya mushaklarini jarohatlab olgan. Bu haqda terma jamoaning Tvittyerdagi sahifasida xabar berildi.

Endi “farishta” Argentinaga ikkita o'rtoqlik uchrashuvida ham yordam bera olmaydi. Argentina terma jamoasi 22 mart sanasida Venesuela, 26 mart kuni esa Marokashga qarshi maydonga tushadi.

Joriy mavsum Anxel Fransiya chempionatida 25 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Аргентина терма жамоасининг Твиттердаги саҳифаси