Di Mariya Emeridan "Barselona"ga qo'yib yuborishni so'radi

Tolibjon Qosimov
30 avg 2017, 19:05
"Barselona" klubi PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariyani sotib olishga qiziqmoqda.

Parij klubi argentinalik borasidagi 25 va 30 million evrolik ikkita taklifni rad etgan edi. Bu kelishuvning amalga oshishi "Liverpul" a'zosi Filippe Koutinoning xaridiga bog'liq. Agar braziliyalikning "Barselona"ga o'tmasligi aniq bo'lsa, "ko'k-anorranglilar" Di Mariya borasida uchinchi taklifni jo'natishadi.

"Cadena SER" radiosining tasdiqlashicha, Di Mariya "Barselona" futbolchisi bo'lmoqchi. O'yinchi bu haqda PSJ bosh murabbiyi Unai Emeriga aytgan va undan bunga qarshilik qilmaslikni so'ragan.

2010-2014 yillarda Di Mariya "Barselona"ning eng ashaddiy raqibi hisoblangan "Real" tarkibida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: cadenaser.com