Devid Moyes: "MYU" uchun guruhdan birinchi o'rin bilan chiqish juda muhim"

Tolibjon Qosimov
9 dek 2013, 17:01
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Devid Moyes Chempionlar Ligasi guruh bosqichi so'nggi turidagi "Shaxtyor"ga qarshi o'yindan oldin intervyu berib, unda inglizlar uchun guruhdan birinchi o'rinda bilan chiqish muhim ekanini ta'kidladi.
"Biz uchun guruhdan birinchi o'rin bilan chiqish juda muhim. Aminmanki, o'yin oson bo'lmaydi. Biroq biz o'z uyimizda o'ynaymiz, bu esa biroz ustunlik beradi bizga. Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi mag'lubiyatsiz seriyamizni davom ettirishga urinamiz", dedi Moyes.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru