

"Bahs qiyin kechdi, xatolar juda ko'p bo'ldi. Ikkinchi bo'limni yaxshi o'tkazmadik, raqib agressivroq ko'rindi. Bor-yo'g'i bir uchrashuv qoldi va hammasi o'zimizga bog'liq. Seshanba kuni g'alaba qozonishimiz shart" - deydi Desham.
Fransiya terma jamoasi hal qiluvchi turda 10 oktyabr kuni Belarusni qabul qiladi. G'alaba fransiyaliklarga mundial yo'llanmasini taqdim etadi.
"A" guruhi turnir jadvali:
1. Fransiya - 20 ochko
2. Shvetsiya - 19
3. Gollandiya - 16
4. Bolgariya - 12
5. Belarus - 5
6. Lyuksemburg - 5



