Dempsi yuragi tufayli faoliyatini yakunlashi mumkin

Narzulla Saydullayev
26 dek 2016, 08:11
Siettl Saunders yarim himoyachisi Klint Dempsi yuragi bilan bog'liq muammo tufayli faoliyatini yakunlashi mumkin, bu haqda klub bosh direktori Gart Lagervey ma'lum qildi.

Bizning transferlarimiz soni Dempsining sog'ligiga bog'liq. U qancha futbol o'ynay olishini, umuman maydonga tusha oladimi buni bilmaymiz.

Klintning safga qaytishini sabrsizlik bilan kutamiz, – deydi Lagervey.

Avgust oyida 33 yoshli Dempsida aritmiya aniqlangan edi, shundan so'ng hozircha rasmiy o'yinlarda maydonga tushmadi.

Siettl Saunders yakuniga etgan mavsumda MLS chempioni bo'ldi.

Oldinroq AQSH terma jamoasi ustozi Bryus Arena Dempsini yanvar oyidagi yig'inga chaqirmoqchi ekanligi ma'lum qilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: espn.co.uk