Dempsining goli JCHlar tarixida eng tez urilgan gollar beshligiga kirdi

Tolibjon Qosimov
17 iyun 2014
Gana darvozasini o'yinning 30-soniyasidayoq aniq nishonga olgan AQSH terma jamoasi a'zosi Klint Dempsi Jahon chempionatlari tarixidagi eng tez kiritilgan gollardan birining muallifiga aylandi.
Shu kunga qadar faqat to'rtta o'yinchi Dempsining golidan ham qisqaroq vaqtda hisobni ochgan. Bular: Turkiyalik Xoqon Shukur 2002 yilda Janubiy Koreya darvozasiga (11-soniyada), chexiyalik Vaclav Masek 1962 yilda Chili darvozasiga (16-soniyada), germaniyalik Ernst Lexner 1934 yilda Avstriya darvozasiga (25-soniyada) va Angliyalik Brayan Robson 1982 yilda Fransiya darvozasiga (27-soniyada).

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru