Dembelening jarohati tasdiqlandi. U kutilganidan ko'proq davolanadi

Aslanov Jasurbek
14 mar 2019, 17:10
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele jarohat tufayli bir necha hafta maydonga tusha olmaydi, deya xabar bermoqda Kataloniya klubi matbuot xizmati.

Bugun, 14 mart kuni fransiyalik tibbiy ko'rikdan o'tdi va futbolchining chap oyoq sonida mushak jarohati aniqlandi. Taxminlarga ko'ra, hujumchi safga qaytishi uchun 3-4 hafta kerak bo'ladi. Oldinroq, Dembele 1-2 haftada yana maydonga tusha olishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Dembele "Lion"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinida (5:1) jarohat oldi. Fransiyalik futbolchi 70-daqiqada Filippe Koutino o'rniga maydonga tushdi. Biroq birozdan so'ng Dembele oyog'ida og'riq his qildi. Shunga qaramay Usmon bahsni yakunlay oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com