Dembele seshanba kuni jarrohlik stoliga yotadi. Usmon uchun mavsum yakunlandi

Eldor Akmurzayev
6 fev 2020, 20:30
“Barselona” hujumchisi Usmon Dembele oyog'ining orqa son qismidan navbatdagi operaciyani boshidan o'tkazadi.

Dembele kataloniyaliklarning ushbu hafta o'tkazilgan mashg'ulotlarida tizza paylarini cho'zib olgan edi. As'ning manbasiga ko'ra, fransiyalik forvard kelayotgan seshanba kuni Finlyandiyaga uchib ketadi va u yerda jarrohlik stoliga yotadi. 

Taxminiy hisob-kitoblarga bo'yicha 22 yoshli futbolchi 4 oyga yaqin muddatni o'tkazib yuboradi, bu esa uning uchun mavsum deyarli yakunlanganini anglatadi. 

Avvalroq, “ko'k-anorranglilar”ning boshqa a'zosi Luis Suares ham o'ng oyoq tizzasidagi jarohati bois operaciya qilingan edi. Suaresning ham joriy yilning yozigacha maydonga tusha olmaslik ehtimoli juda yuqori. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As