De Yong "Yuve"ga qarshi o'yinda himoyadagi roli haqida: "Barselona"ga kerak bo'lgan joyda o'ynashga doim tayyorman"

Alisher
29 okt 2020, 10:15
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Chempionlar Ligasi guruh bosqich 2-tur doirasidagi "Yuventus" (2:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz ajoyib o'yin o'tkazdik deb o'ylayman, ayniqsa to'pga egalik qilib, yaxshi harakatlangan ikkinchi taymda. Pedri istedodli va bu yoshdan ko'ra muhimroq.

Men o'smirligimda mudofaada o'ynab ulgurganman. Albatta, men yarim himoyada o'ynashni afzal ko'raman, ammo jamoaga kerak bo'lgan joyda o'ynashga doim tayyorman. Menga hammasi yoqdi", - deydi de Yong.

Xavbek joriy mavsum "Barsa" safida La Liga va YCHL 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com