De Ligt: "Men Pikega o'xshayman"

Aslanov Jasurbek
1 dek 2018, 17:37
"Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligtning fikricha, uning o'yini "Barselona"dagi Xerard Pikenikiga o'xshaydi.

"Men Pikega o'xshayman. Menga ham to'pni hujum vakillariga etkazib berish yoqadi. Himoyadagi o'yinda kuchliman. Xerard kabi futbol o'ynashni yarim himoyadan boshlaganman. "Ayaks" o'yin uslubi "Barselona"nikiga o'xshab ketadi - yuqori pressing, himoya chizig'i markazga yaqin joylashishi va to'p nazoratida ustunlik" - deydi de Ligt.

Oldinroq, "Barselona" de Ligtni xarid qilishga qiziqayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ELF Voetbal Magazine