David de Xea: "Olimpiakos"ga gol urish imkonini bermaganimizdan xursandman"

Tolibjon Qosimov
20 mar 2014, 17:25
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea "Olimpiakos" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Stadiondagi muhit ajoyib edi, shu bois bor kuchimiz bilan o'ynadik. Barchasi shunday bo'lganidan xursandmiz.

Giggz ajoyib o'ynadi. U futbol afsonasi, har safar maydonga tushganida shunday o'ynaydi. Istalgan futbolchi unga havas qiladi.

"Olimpiakos"da bir qator vaziyatlar bo'ldi, ammo gol urishga imkon bermadik, bundan xursandman.

Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman. Xuddi shu ruhda davom etishga harakat qilamiz", – deydi de Xea.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru