Dalich Ronalduni egoist degani uchun kechirim so'radi

Aslanov Jasurbek
6 sen 2018, 12:47
Oldinroq, "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanqid qilgan Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich so'zlari uchun kechirim so'radi.

Xorvatiya terma jamoasi ustozi Ronaldu UEFA taqdirlash marosimiga kelmaganidan so'ng, uni egoist deb atagan edi.

"Afsusdaman. Bu Ronaldu nega UEFA taqdirlash marosimiga kelmagani haqida berilgan savolga javob edi. Krishtianuning harakati egoistlik va bunday futbolchilarni yoqtirmasligim haqida aytgan edim. Ammo bu shaxsiy adovat emas, meni noto'g'ri tushunishgan ko'rinadi" - deydi Dalich.

Eslatib o'tamiz, Xorvatiya terma jamoasi bugun Portugaliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal