

Uchrashuvda uelsliklar 93-daqiqada hisobni tenglashtirishdi.
"So'nggi daqiqada gol o'tkazib yuborish - bu shok. Ammo g'alaba doimo ham bo'lavermaydi, bazida yutasan, bazida yo'q.
Bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi, ikkinchi golni urishimiz kerak edi, ammo ura olmadik. Ammo raqiblar ilk vaziyatidan gol urib ketdi", - dedi Dalich.



