Dalich: "Guruh bosqichida Fransiya va Daniya kabi jamoalarni mag'lub etib, katta ish qildik, ammo bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz"

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2023, 16:12
Xorvatiya termasi ustozi Zlatko Dalich jamoa Millatlar Ligasi pley-off bosqichiga tayyor ekanligini ta'kidladi

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich jamoaning Millatlar Ligasining pley-off bosqichiga tayyorgarligiga baho berdi.

"Biz Jahon chempionatida ajoyib o'ynagan eng yaxshi himoyachimiz Yoshko Gvardiolsiz qoldik, ammo jamoaning aksariyat a'zolari shu yerda. Xususan, Luka Modrich. Oson o'yin bo'lmaydi, lekin men optimistman. Biz hech qachon taslim bo'lmaymiz, har doim bor kuchimizni beramiz va sovrinni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

Men jamoam bilan juda faxrlanaman. Biz Millatlar Ligasi final turniriga chiqishga muvaffaq bo'ldik. Guruh bosqichida Fransiya va Daniya kabi jamoalarni mag'lub etib, katta ish qildik, ammo bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Biz ko'proq yutuqlarga erishmoqchimiz", – dedi mutaxassis.

Millatlar Ligasi yarim finalida Xorvatiya Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi. O'yin bugun 23:45 ga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com