Chicharito: "Old Trafford"ga qaytganimda hayajonlanaman"

Tolibjon Qosimov
25 iyul 2017
"Vest Xem"ning meksikalik hujumchisi Xaver Ernandes sobiq klubi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tadigan o'yinni orziqib kutayotganini aytib o'tdi.


"O'ylashimcha, "Old Trafford"ga qaytganimda boshqa jamoadoshlarimga qaraganda ko'proq hayajonlanaman. Aynan shu yerda yangi jamoam bilan yangi mavsumni boshlash juda muhim va men bu erga qaytishimdan baxtliman", - dedi Chicharito.

Eslatib o'tamiz, bu jamoalar APL yangi mavsumining 1-turida "Old Trafford"da o'zaro bellashadilar.

Chicharito "Manchester Yunayted"da 6 mavsum o'ynagan va 157 o'yinda 59ta gol urgan.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: skysports.com